Xizmatlar

Layner tog’-dam olish kurort kompleksi hududida Layner nomli 100 kishiga mo’ljallangan restoran, 8 ta kabinkali 32 kishiga mo’ljallangan kalyan uchun Shisha Bar joylashgan. 60 tadan 150 tagacha kishiga mo’ljallangan Lounge Club tunggi klubi seminar va konferensiyalar o’tkazish uchun barcha zaruriy jihozlarga ega. Restoranning 144 kishiga mo’ljallangan, favvora va go’zal panoramali yozgi terassasi bor.

Siz bilan tog’ kurort kompleksi Laynerda ko’rishishni intiqlik bilan kutamiz. Qo’shimcha ma’lumot uchun o’zingiz uchun qulay bo’lgan vaqtda murojaat qiling.

Layner – Chimyondagi zamonaviy tog‘ dam olish majmuasi. Tog‘lar va tepaliklar bilan o‘rab olingan bu joy oilaviy dam olish yoki team-building uchun korporativ sayohat qilish uchun juda yaxshi. Qish mavsumida kompleksdan atigi 7 km narida joylashgan tosh tepaligiga borib chang‘i uchish, yozda Katta Chimyon tog‘ining etagida tog‘ kanyonida poxodlar uyushtirishingiz, yoki Chorvoq suv ombori sohillariga chiqishingiz mumkin.

Mehmonlarga standart, yarimlyuks va lyuks kategoriyalariga bo‘lingan 100 ta xonalar xizmat ko‘rsatishga tayyor. Xonalar yaxshi jihozlanganligi bilan qulaylik va shinamlikni yaratib turadi. Shu bilan birga kompleks hududida restoran, bar, bilyard zali, 3D kinoteatr va boshqa ko‘ngil ochar xizmatlari joylashgan. Sport shinavandalari uchun kompleksimizda futbol, voleybol va basketbol maydonchalari, hamda tennis korti va ikkita suzish havzalari (ochiq va yopiq) tashkil etilgan. Aktiv dam olish uchun imkoniyatlar juda ko‘p.

Kompleks jamoasi mehmonxona biznesining eng yaxshi mutaxassislaridan tashkil topgan. Ular o‘z ishining fidoyilari bo‘lib, sizga har qanday vaziyatda yordam beradilar. “Layner“ni tanlab siz eng yaxshi shahar tashqarisidagi dam olish, yuqori darajadagi servis va tabiatda ta’til haqidagi juda ko‘p yoqimli xotiralarga ega bo‘lasiz.

Bepul ko‘ngil ochar xizmatlar

Suzish havzasi (yopiq, ochiq);
Futbol maydonchasi, basketbol va voleybol maydonchalari;
Tennis korti va stol tennisi;
Yopiq va ochiq bolalar maydonchalari, 3D kinoteatr;
Bilyard xonasi, rus bilyardi 3 ta stoli va snuker uchun 1 ta stol;
Tungi klub va karaoke klub;

Pullik ko’ngil ochar xizmatlar:

sauna, turk xamomi, massaj.

Bron qilish va narx hisoblash

XONA KATEGORIYASI

TIP

KATTALAR SONI


- +

BOLALAR SONI

3 yoshgacha - +
3 yoshdan 14 yoshgacha - +
14 yoshdan katta - +

JOYLASHISH SANASI

CHIQISH SANASI

KIRISH VAQTI

KETISH VAQTI

QO’SHIMCHA ISTAKLAR/KOMMENTLAR